# Ovozlar va klonlash

**Ovozlar** sahifasida siz foydalana oladigan barcha ovozlar bor: NeuronAI standart ovozlari va tashkilotingiz ovoz klonlari. Ovoz qisqa yozuvdan ham shu yerda klonlanadi.

Uni kreativ platformaning yon panelidan oching yoki [my.neuronai.uz/creative/voices](https://my.neuronai.uz/creative/voices) ga oʻting.

## Ovoz topish

- Ism, til, toifa yoki teg boʻyicha qidiring yoki roʻyxatni **Til**, **Toifa** va **Turi** (**Barcha ovozlar**, **Mening ovozlarim** yoki **Standart ovozlar**) filtrlari bilan toraytiring. **Filtrlarni tozalash** hammasini qayta koʻrsatadi.
- Ovozni eshitish uchun nomi yonidagi ijro tugmasini bosing.
- **Ishlatish** ovozni [Matndan nutqqa](https://docs.neuronai.uz/uz/platform/text-to-speech) studiyasida ochadi.
- Ovozning **Amallar** menyusidagi **IDni nusxalash** API ga beriladigan ovoz ID sini nusxalaydi.

Standart ovozlar hamma uchun bir xil va ularni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ovoz klonlari tashkilotga tegishli: uning har bir aʼzosi ulardan foydalanishi, tahrirlashi va oʻchirishi mumkin.

## Ovozni klonlash

> **Avval ruxsat soʻrang**
>
> Ovozni faqat egasining ruxsati bilan klonlang.

1. **Ovoz yaratish** tugmasini bosing.

2. **Tavsif**: **Ism**ni kiriting, **Toifa**ni tanlang va xohlasangiz **Teglar** qoʻshing (har biridan keyin Enter ni bosing). **Davom etish** tugmasini bosing.

3. **Namuna**: **Til** maydonida yozuv tilini tanlang va 5 dan 15 soniyagacha boʻlgan namunani ikki usulning biri bilan bering:

   - **Yozib olish**: **Yozishni boshlash** tugmasini bosing, brauzer soʻraganda mikrofonga ruxsat bering, mikrofonni tanlang va **Yozish**ni bosing. 3 soniyalik sanoqdan keyin **Quyidagi matnni oʻqing** maydonidagi matnni oʻqing va yozishni toʻxtating.
   - **Yuklash**: **Audio yuklash** tugmasini bosing yoki faylni sahifaga tashlang: WAV, MP3, M4A, OGG, WebM yoki FLAC, 10 MB gacha. Soʻng **Yozuvda nima aytilgan** maydoniga aytilgan gaplarni soʻzma-soʻz yozing.

   Namunani qisqartirish uchun toʻlqin chiziqning chetlarini ichkariga suring va **Qirqish**ni bosing. **Davom etish** tugmasini bosing.

4. **Tekshirish**: maʼlumotlarni tekshiring va **Ovoz yaratish** tugmasini bosing.

Ovoz tayyor boʻlgach, uni sinash uchun **Matnni ovozlashtirishda ishlatish**ni yoki **Yana klonlash**ni bosing.

> **Namuna qanchalik yaxshi boʻlsa, ovoz shunchalik yaxshi**
>
> Jim xonada, bir kishi tabiiy tempda gapirgan holda yozib oling. Yuklangan fayl uchun matn aytilgan gaplarga aynan mos kelishi kerak.

## Ovozni tahrirlash

1. Ovozning **Amallar** menyusida **Tahrirlash**ni tanlang.
2. Ism, toifa yoki teglarni oʻzgartiring. Namuna qadamida **Joriy namunani qoldirish** yoki **Namunani almashtirish**ni tanlang.
3. **Oʻzgarishlarni saqlash** tugmasini bosing.

Ovoz ID si oʻzgarmaydi, shuning uchun undan foydalanadigan ilovalar ishlashda davom etadi.

## Ovozlarni oʻchirish

- Bitta ovoz: uning **Amallar** menyusida **Oʻchirish**ni tanlang va tasdiqlang.
- Bir nechta ovoz: **Tanlash** tugmasini bosing, ovozlaringizni belgilang va **Oʻchirish**ni bosing. Ular oʻchirilayotganda sahifadan chiqib ketishingiz mumkin.

Ovoz va uning namunasi butunlay oʻchiriladi.

## Koddan foydalanish

[Ovoz klonlash API](https://docs.neuronai.uz/uz/api/voice-cloning) ilovangizdan ovoz klonlarini yaratadi va boshqaradi, [matnni ovozga aylantirish API](https://docs.neuronai.uz/uz/api/text-to-speech) esa istalgan ovoz bilan uning ID si orqali gapiradi.

---

Source: https://docs.neuronai.uz/uz/platform/voices
